Bugun afsonaviy futbolchi va murabbiy, Gollandiya terma jamoasi hamda “Barselona” va “Ayaks”dagi o`yinlari bilan muxlislar yodida qolgan Yoxan Kroyf olamdan o`tdi.
U bir necha yillardan buyon o`pka saratoni kasali bilan kurashib kelayotgandi. Yoxan Kroyff 68 yoshda vafot etdi.
Yoxan Kroyff futbolchi sifatida 9 karra Gollandiya chempioni, 3 karra EChL sohibi, Ispaniya chempioni va Gollandiya terma jamoasi safida JCh–1974 turnirida kumush medaliga sazovor bo`lgan.
Murabbiy sifatida Kroyff “Ayaks”ni kuboklar Kubogi va ikki karra Gollandiya Kubogi sohibiga aylantirgan. Shuningdek, u “Barselona” klubini to`rt karra Ispaniya chempioni va EChL sohibiga aylantirgan.





