Tokio-2020 Olimpiadasining ikkinchi kun dasturida boks bahslariga ham start berildi. Kunning birinchi jangi hamyurtimiz Tursunoy Rahimova ishtirokida kechdi.
-51 kg vazn toifasida ringga ko`tarilgan vakilimiz polshalik Sandra Drabikka qarshi bahs olib bordi. Qiziqarli kechgan bahsda chiroyli jang o`tkazgan Rahimova raqibasi ustidan irodali g`alabaga erishdi.
Shu tariqa Rahimova Olimpiya o`yinlarida g`alabaga erishgan ilk bokschi qizimiz sifatida tarixga kirmoqda. Uning keyingi bosqichdagi raqibasi turkiyalik Buse Naz Chakiroo`g`lu bo`ladi.






