Yosh taekvondochimiz Ulug`bek Rashitov biroz avval Tokio-2020 Olimpiadasidagi ikkinchi jangini o`tkazdi. Chorak final uchun bellashuvda hamyurtimiz koreyalik Li De Xunga qarshi dayanga chiqdi.
Dastlabki raundda imkoniyatni boy bergan Rashitov 2 va 3-raundlarda ustunlik qildi. Asosiy vaqt 19:19 hisobida yakunlandi. Bahs taqidirini hal qilgan “Oltin zarba”da vakilimiz 2 ochko qo`lga kiritib, chorak finalga yo`l oldi.
Hamyurtimizga Olimpiada medali yo`lida bundan ham chiroyli g`alabalarni tilab qolamiz!






