AsosiySport

Elnur Abduraimov mo`g`ilistonlik raqibini mag`lub etib, keyingi bosqichga yo`l oldi

'Elnur Abduraimov mo`g`ilistonlik raqibini mag`lub etib, keyingi bosqichga yo`l oldi'ning rasmi

Bokschimiz Elnur Abduraimov Tokio-2020 Olimpiadasidagi ishtirokini boshladi. Hamyurtimiz hozirgina mo`g`ilistonlik raqibini mag`lubiyatga uchratdi.

Dastlabki raundda amaldagi Osiyo chempioni Chinzorig Batarsux ustunlikka erishdi. Qolgan raundda Abduraimov o`z mahoratini ko`rsata oldi va yakunda kichik farq bilan g`alabani qo`lga kiritdi.

Shu tariqa vakilimiz yaqinda BAAda o`tgan Osiyo chempionatidagi final uchun munosib revansh olish bilan birga, keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qildi.

Boshqa yangiliklar