AsosiySport

Jahon sporti uchun yo`qotish: Oksana Chusovitina katta sportdagi professional faoliyatini yakunlaganini e`lon qildi

'Jahon sporti uchun yo`qotish: Oksana Chusovitina katta sportdagi professional faoliyatini yakunlaganini e`lon qildi'ning rasmi

Tokio – 2020 Olimpiadasi sport gimnastikasi bo`yicha O`zbekiston nomidan ishtirok etgan Oksana Chusovitina saralash bahsidagi ishtirokini yakunladi. Oksana tayanib sakrash yo`nalishida 14.166 ochko jamg`arib, 11-o`rinni egalladi va final yo`llanmasini boy berdi. 

Oldinda sportchilarning yana bir guruhi bor. Agar ushbu guruhdan hech kim Oksanadan yaxshiroq natija ko`rsata olmasa, u 11-o`rinda qoladi.

Shu tariqa 46 yoshli Oksana o`zining 8-Olimpiadasida ishtirok etdi va bu borada mutlaq rekordchiga aylandi. Oksana ushbu Olimpiada professional faoliyatidagi so`nggisi bo`lishini ma`lum qildi.

Boshqa yangiliklar