Tokiodagi o`ynlarda ishtirok etayotgan o`zbekistonlik taekvondochilarimizdan yana bir xushxabar! Nikita Rafalovich 80 kg vazn toifasida raqibi Ozarbayjonlik Beigi Harchegani Milad ustidan 12:1 xisobida g`alaba qozondi va yarim finalga yo`l oldi.
Ma`lumot o`rnida:
- Beigi Harchegani Rio de Janeyro-2016 Olimpiya o`yinlari g`olibi, 2 karra Jaxon chempioni xisoblanadi.
Biroz avval, qilichbozchimiz Zaynab Dayibekova 3-bosqichda raqibini mag`lub etib nimchorak finalga yo`l olgani haqida xabar bergan edik. Afsus, 18 yoshli bu sportchimiz chorak finalda vengriyalik raqibasiga 11:15 hisobida imkoniyatni boy berdi






