AsosiySalomatlik
3341

Tana harorati ko`tarilganda antibiotiklar yordam beradimi?

'Tana harorati ko`tarilganda antibiotiklar yordam beradimi?'ning rasmi

Avvalroq, "Koronavirusga qarshi uy sharoitida davolanayotgan bemorlar antibiotik qabul qilishi mumkinmi?" degan savolga mutaxassiz javobini e`lon qilgan edik. 

Xo`sh, tana harorati 38 darajagacha ko`tarilsa, nima qilish kerak? Bu holatda antibiotiklar yordam beradimi? Sog`liqni saqlash vazirligining ushbu savoliga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Sevara Ubaydulleva javob beradi:

— Antibiotiklar tana haroratini tushirmaydi. Tana haroratini 38 darajagacha ko`tarilishi me`yor holat hisoblanadi, ya`ni inson organizmiga virus tushsa, organizm virus bilan kurashishi uchun va immunitet hujayralari paydo bo`lishi uchun organizmning harorati 38 darajagacha ko`tarilishi kerak. Tana haroratini bu darajagacha ko`tarilishi qo`rqinchli emas.

Tana harorati 38 darajagacha ko`tarilganda, quyidagilar tavsiya qilinadi:

  • “Vitamin S” ga boy suyuqliklarni ichish, kuniga 3-4 litrdan ortiq suyuqlik ichish (limon choylar, malina choylar, na`matak choylar, oddiy qora yoki ko`k choylarni ichish kerak. Bu o`z o`rnida hujayra va to`qimalarni suvsizlanishining, qon quyulishining oldini oladi va tana haroratini tushiradi;
  • Tomoq va burunni tuzli yoki choy sodali suyuqliklar bilan kuniga 8 martadan ortiq chayish;
  • 70 foiz spirtni iliqroq suv bilan ilitib tanani artish ham tana haroratini tushirishga yordam beradi.

Tana harorati 38 darajadan yuqori bo`lsa – yoshga mos ravishda:

  • 1 yoshgacha bolaga 100-125 mg, 
  • 1 – 5 yoshli bolalarga 125-50 mg,  
  • 5 yoshdan kattalarga 500 mg bir martalik dozada “Parasetamol” yoki “Ibuprofen” tabletkasi qabul qilinadi, xolos. Shu bilan birga, zudlik bilan oilaviy shifokor bilan bog`lanish kerak!  

Oilaviy shifokor kelguniga qadar “Vitamin S” ga boy suyuqliklarni ko`proq, kuniga 3-4 litrdan ortiq suyuqlik ichish, ya`ni limon, malina, na`matak yoki oddiy qora  yoki ko`k choylarni ichish talab etiladi.

Istisno holatlarda, agarda shifokor kelguncha 4-6 soatdan ortiq vaqt o`tsa, bu davrda tana harorati 38 darajadan yuqoriga qayta ko`tarilsa, “Parasetamol”ni yana bir bor qabul qilish kerak.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar