AsosiySport

Tokio-2020: Nikita Rafalovich bronza medali uchun kurashadi

'Tokio-2020: Nikita Rafalovich bronza medali uchun kurashadi'ning rasmi

Taekvondochimiz Nikita Rafalovich (-80 kg) Tokio-2020 Olimpiya o`yinlaridagi ishtirokini davom ettiradi. Hamyurtimiz kechki dasturda bronza medali uchun kurash olib boradigan bo`ldi.

Yarim final bahsida u iordaniyalik Solih Elsharabatiga qarshi jang qilib, qo`shimcha daqiqada imkoniyatni boy berib qo`ydi. Vakilimizning uchinchi o`rin uchun kechadigan bahsdagi raqibi keyinroq ma`lum bo`ladi. Nikita Rafalovichga bo`lgusi bellashuvda omad tilab qolamiz.

Boshqa yangiliklar