Tokio-2020 doirasida bokschimiz Fanat Qahramonov Olimpiadadagi debyut jangini o`tkazdi.
Hamyurtimiz unda gruziyalik Giorgi Xarabadzega qarshi ringga ko`tarildi. Butun bahs davomida o`zining aniq va kuchli zarbalari bilan ajralib turgan Fanat yaqqol ustunlik bilan g`alabaga sazovor bo`ldi. -75 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan vakilimiz keyingi davrani qozog`istonlik Amankul Abilxanga qarshi o`tkazadi.






