AsosiySport

Tokio-2020: Boltaboev yutqazdi, ammo bronza medali uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoldi

'Tokio-2020: Boltaboev yutqazdi, ammo bronza medali uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoldi'ning rasmi

Hozirgina dzyudochimiz Sharofiddin Boltaboev Tokio-2020 Olimpiadasining chorak final bosqichidagi bellashuvini o`tkazdi, deya xabar bermoqda Turizm va sport vazirligi Axborot xizmati. 

Hozirgina dzyudochimiz Sharofiddin Boltaboev Tokio-2020 Olimpiadasining chorak final bosqichidagi bellashuvini o`tkazdi. Ushbu bosqichda u avstriyalik raqibi bilan kuch sinashdi.

Asli gruziyalik, hozirda Avstriya sharafini himoya qilayotgan Shamil Borchashvili bilan kechgan jangning asosiy vaqtida kuchlar teng keldi, ammo qo`shimcha bo`limda Boltaboev vazari bahosi bilan imkoniyatni boy berdi.

Shunga qaramay hamyurtimiz bronza medali uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoldi. O`tish bosqichda u dastlab gruziyalik Tato Grigalashvili bilan bellashadi.

    Boshqa yangiliklar