Hozirgina XXXII yozgi Olimpiya o`yinlari dasturidan o`rin olgan dzyudo musobaqalarining erkaklar o`rtasida -81 kg vazn toifasidagi o`tish bahsi yakunlandi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi ma`lum qildi.
Bugun ham dzyudochilar O`zbekistonga medal taqdim etisholmadi.
Bugun tatamiga chiqqan sportchilarimiz orasida so`nggi umid bo`lgan Sharofiddin Boltaboev o`tish bahsida gruziyalik sportchi Tato Grigalashviliga vazari bahosi bilan imkoniyatni boy berLB.
"Nachora, bugun ham medalsiz qoldik. Ammo, unutmaslik kerak, bizga medallar keltirishi kutilgan musobaqalar hali oldinda. Shunday ekan, yangi O`zbekiston yoshlarini qo`llab-quvvatlashda davom etamiz.",-deyiladi xabarda.