“Ko`pchilik ota-onamning bir-biriga bo`lgan munosabatiga havas bilan qaraydi. Ularning ajoyib sevgi tarixi bor”,—deydi aktrisa Muqaddas Sa`dullaeva “Sabo” gazetasiga bergan intervyusida.
“Yoshligimdan kelgusidagi hayotim ota-onamnikiga, turmush o`rtog`im otamga o`xshashini niyat qilardim. Ammo menga ularniki kabi muhabbat nasib etmadi. Balki vaqt o`tishi bilan bunga ham sazovor bo`larman. Lekin men erishgan eng katta baxt—bu mening farzandim. Uning kulgusini eshitganda, qiliqlarini ko`rganda o`zimni eng baxtli ayol deb hisoblayman. Yana qaytarib aytamanki, mening eng katta baxti—bu ota-onam va qizalog`imdir”.
Ma`lumot uchun, aktrisa yaqinda “Qizlarning jahli chiqdi” filmi va “Vijdon azobi” serialida rol ijro etdi.





