Pentagon rahbari Eshton Karter xalqaro koalisiya kuchlari so`nggi haftada DAIShning bir qancha etakchi rahbarilarini yo`q qilishga muvaffaq bo`lganligini ma`lum qildi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.
Halok bo`lganlar orasida terrorchilik guruhining moliya vaziri vazifasini bajargan Xoji Imom ham bor.
Ba`zi bir OAVlar uni DAISh harbiy qo`mondonligining ikkinchi rahbari deb atashmoqda. Uni yana terrorchilik guruhi rahbari Abu bakra al-Bag`dodiy halok bo`lgan taqdirda o`rniga rahbar bo`lish uchun zahirada turganligi haqida ham ma`lumotlar mavjud.





