Nihoyat ikki kun davom etgan tanaffusdan so`ng Tokio-2020 yozgi Olimpiya o`yinlarida O`zbekiston vakillari yana medalga sazovor bo`lishdi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi xabar qildi.
Dzyudo bo`yicha erkaklar o`rtasida -90 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan O`zbekistonlik Davlat Bobonov ushbu yo`nalishda terma jamoaga Tokio-2020 Olimpiya o`yinlaridagi ilk medalni taqdim etdi.
O`tish bahsida ispaniyalik 2 karra jahon chempioni Nikoloz Sherazadishvilini mag`lub etgan polvonimiz bronza medali uchun kechgan bahsda turkiyalik Mixael Zgankning ham kuragini erga tekkizdi.
Shu tariqa O`zbekiston sport delegasiyasi o`z hisobidagi medallar sonini ikkitaga etkazib oldi, oltin va bronza esa, bittadan.
Eslatib o`tamiz, Tokio-2020 o`yinlarida ilk oltin medalni taekvondochi Ulug`bek Rashitov taqdim etgan edi.