AsosiyJamiyat

"Na sohaga mas`ul vazirlik, na hudud sektor rahbarlari ishlamagan" – Prezident Mehribonlik uylaridagi ta`lim-tarbiya ishlarini tanqid qildi

'"Na sohaga mas`ul vazirlik, na hudud sektor rahbarlari ishlamagan" – Prezident Mehribonlik uylaridagi ta`lim-tarbiya ishlarini tanqid qildi'ning rasmi

Avvalroq, Prezident Toshkentdagi 21-Mehribonlik uyida yaratilgan sharoitlar bilan tanishgani haqida xabar bergan edik. 

Shundan so`ng, Shavkat Mirziyoev boshchiligida nogironligi bo`lgan, ota-ona qaramog`idan mahrum va etim bolalarni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari bo`yicha videoselektor yig`ilishi boshlandi. Bu haqda prezident Matbuot kotibi xabar berdi. 


"Bugun ota-onasidan ajragan, mehrga muhtoj bolalarni qo`llab-quvvatlashga qaratilgan ustuvor vazifalarni belgilab olishimiz zarur.

Albatta, har bir go`dak bu yorug` dunyoga kelar ekan, unga hamma ota-onasi bag`rida yayrab o`ssin, baxtli-saodatli bo`lsin, deb tilak bildiradi.

Lekin, taqdir taqozosi bilan ularning ayrimlari ota-ona mehridan benasib qoladi. Bunday holatda bu norasida bolalarning aslo aybi yo`q ekanini barchamiz yaxshi tushunamiz, albatta.

Lekin, bir o`zimizga savol beraylik, ushbu mehrga muhtoj bolalar g`amxo`rlikni to`liq his qilayaptimi? Afsuski, yo`q.

Bugun Yunusoboddagi 21-son Mehribonlik uyiga borganimda, na sohaga mas`ul vazirlik, na hudud sektor rahbarlari bu erdagi muhit va sharoit bilan ishlamagani ayon bo`ldi. Misol uchun, so`nggi 10 yilda Mehribonlik uylari va Bolalar shaharchalarini uy-joyga muhtoj 1 ming 188 nafar bitiruvchilaridan 610 nafariga yoki 51 foiziga uy-joy ajratilgan.

Mehribonlik uylaridagi ta`lim-tarbiya ishlari ham mutlaqo qoniqarsiz.

Shuningdek, Mehribonlik uylari bitiruvchilarining atigi 1,6 ming nafari yoki 64 foizi ish bilan ta`minlangan. Shu kabi, o`tgan yili ixtisoslashgan maktablarni bitirgan 1,5 mingdan ziyod nogironligi bor yoshlarning atigi 264 nafari ishga joylashtirilgan"–dedi Prezident. 

Boshqa yangiliklar