AsosiyJamiyat

Kambag‘al oila farzandlari qo‘shimcha darslar uchun to‘lovdan ozod qilinadi

A’lo bahoga o‘qiganlar oromgohlarda bepul dam olishi mumkin bo‘ladi.

'Kambag‘al oila farzandlari qo‘shimcha darslar uchun to‘lovdan ozod qilinadi'ning rasmi

Davlat rahbariga kambag‘al oilalarni qo‘llab-quvvatlash, nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash, ijtimoiy xizmatlar qamrovi va turlarini kengaytirish chora-tadbirlari bo‘yicha axborot berildi.

Mamlakatimizda ehtiyojmand insonlar alohida e’tiborga olinib, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlanmoqda. “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi asosida bunday oilalarga mehnat, ta’lim, sog‘liq saqlashni kabi sohalarda ko‘maklashilmoqda.

Shu bilan birga, bu juda keng va uzluksiz jarayon bo‘lib, doimiy takomillashtirishni taqozo etadi. Jumladan, kambag‘al oilalarni ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatiga qarab, uch toifada qo‘llab-quvvatlash taklif qilinmoqda.

Kambag‘al oilalarga 100 dan ortiq turdagi ijtimoiy xizmat, yordam va imtiyozlar taqdim etiladi. “Kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritish tartib-taomillari qonunchilik hujjati darajasida belgilanadi. Ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha individual rejalar tasdiqlanib, manzilli xizmat va yordamlar ko‘rsatiladi. Bunday insonlar bandligini cheklovchi omillar bartaraf etilib, muayyan daromad topishiga sharoit yaratiladi.

Kambag‘al oila farzandlari maktabdagi uzaytirilgan kun guruhlari uchun to‘lovdan ozod qilinadi, a’lo bahoga o‘qiganlar oromgohlarda bepul dam olishi mumkin bo‘ladi. Kambag‘al oiladan chiqqan a’lochi talaba-qizlarga bazaviy stipendiyaning 2 baravari miqdorida maxsus stipendiya to‘lanadi.

Taqdimotda nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash choralari haqida ham axborot berildi.

Unga ko‘ra, nogironligi bor insonlarni ishga olgan yengil sanoat korxonalariga soliq imtiyozlari berish, bunday xodimlar uchun ijtimoiy soliq stavkasini pasaytirish, tadbirkorlarga Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi hisobidan 500 million so‘mgacha subsidiya ajratish kabi rag‘batlar ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, elektron savdo maydonchasi orqali nogironligi bor shaxslarga tegishli tovar va xizmatlarni xarid qilish miqdori oshiriladi. Ularga kasb-hunar o‘rgatish uchun texnikumlarda inklyuziv ta’lim guruhlari tashkil etiladi.

O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlar qamrovi va turlarini kengaytirish maqsadida “Faol hayotga qadam” dasturi joriy etiladi. Bunday insonlarga kunduzgi qatnov asosida yoki uyda qarab turish, maishiy yumushlarda ko‘maklashish, yo‘qotilgan harakat faolligini qayta tiklash, kasalliklarning oldini olish kabi tibbiy-ijtimoiy xizmatlar yo‘lga qo‘yiladi.

Davlatimiz rahbari takliflarni ma’qullab, ularni tizimli yo‘lga qo‘yish va bajarilishini nazorat qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'May oyi ko‘pchilik bashorat qilganidek issiq bo‘ladimi?'ning rasmi

    Jamiyat 29.04.2025 18:29

    May oyi ko‘pchilik bashorat qilganidek issiq bo‘ladimi?

    "O‘zgidromet" may oyida kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

    'O‘zbekistondagi eng serdaromad sohalar e’lon qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 29.04.2025 17:55

    O‘zbekistondagi eng serdaromad sohalar e’lon qilindi

    Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar xodimlarining maoshi eng past.

    '“Yil o‘qituvchisi” hamda “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovlari o‘tkaziladi'ning rasmi

    Jamiyat 29.04.2025 17:52

    “Yil o‘qituvchisi” hamda “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovlari o‘tkaziladi

    G‘oliblar BHMning 1 400 baravari (525 mln) ga teng pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 29.04.2025 17:45

    'O‘zbekiston ilk bor BMT Statistika Komissiyasiga saylandi'ning rasmi

    Jamiyat 29.04.2025 12:09

    O‘zbekiston ilk bor BMT Statistika Komissiyasiga saylandi

    Statistika Komissiyasi 1947 yilda BMTning iqtisodiy va ijtimoiy Kengashi (IIK) tomonidan funksional organ sifatida tashkil etilgan.

    'Senatining oltinchi yalpi majlisi ertaga chaqiriladi'ning rasmi

    Jamiyat 28.04.2025 22:11

    Senatining oltinchi yalpi majlisi ertaga chaqiriladi

    Yalpi majlisda mamlakat iqtisodi, ijtimoiy himoya, ekologik barqarorlik, sog‘liqni saqlash, mudofaa va sud-huquq tizimini takomillashtirishga qaratilgan qator qonunlar muhokama qilinadi.