AsosiyDunyo

Hindiston bosh vaziri fuqarolarga murojaat qildi

Siyosatchi mamlakat bo‘lajak terrorchilik hujumiga keskin javob qaytarishini bildirdi.

'Hindiston bosh vaziri fuqarolarga murojaat qildi'ning rasmi

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi qo‘shni Pokiston bilan to‘rt kunlik harbiy to‘qnashuvdan so‘ng 12-may kuni xalqqa murojaat bilan chiqdi. Unda siyosatchi mamlakat bo‘lajak terrorchilik hujumiga keskin javob qaytarishini aytdi. Bu haqda “BBC” ma’lum qildi.

“Bu urush davri emas, ammo bu terror davri ham emas. Agar Hindistonga qarshi navbatdagi terakt amalga oshirilsa, keskin javob beriladi,” deydi Modi 12-may kungi nutqida.

O‘zi nima bo‘lgan edi?

Bu ikki tomon shiddatli o‘qqa tutish va havo hujumlari boshlanganidan beri birinchi ommaviy chiqish bo‘ldi. Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar 22-aprel kuni Kashmirning Pahalgam hududida yuz bergan terrorchilik hujumi sabab keskinlashdi.

Hujum ortidagi talafot

Hujum oqibatida 26 kishi halok bo‘ldi. Qurolli shaxslar mahalliy aholi va sayyohlarga qarata o‘t ochdi. Hindiston Pokistonni bu hujumni qo‘llab-quvvatlashda aybladi. Pokiston mazkur da’voni rad etib, tekshiruv o‘tkazishni talab qildi.

Hindiston suv oqimini to‘xtatib qo‘ydi

Hindiston Pokiston bilan 1960-yildagi Hind suvlar to‘g‘risidagi shartnomani to‘xtatib, chegara bo‘ylab suv oqimini to‘xtatib qo‘ydi. Pokiston bu urush ochishga teng ekanini bildirdi. Mamlakat Hindiston bilan diplomatik va savdo aloqalarini chekladi, havo maydonini yopdi va savdo aloqalarini to‘xtatdi.

Chegara bo‘ylab kichik qurolli to‘qnashuvlar va raketa sinovlari ko‘paydi. Pokiston qisqa masofali Fatah raketasini sinovdan o‘tkazdi, Hindiston esa xavfsizlik mashg‘ulotlarini kuchaytirdi Xalqaro hamjamiyat, jumladan Qo‘shma Shtatlar, tomonlarni ziddiyatni eskalatsiya qilmaslikka chaqirib, diplomatik kanallarni tiklashga chaqirgandi.

Urush qanday to‘xtadi?

Hindiston va Pokiston 10-may kuni soat 17:00 dan boshlab quruqlikda, havoda va dengizda barcha otishmalar va harbiy harakatlarni to‘xtatishga kelishib oldi. Bir necha soat o‘tgach, Hindistonning Jammu va Kashmir ittifoqdosh hududi rahbari Umar Abdulla Jammu va Kashmirning yozgi poytaxti Srinagar shahri yaqinida portlash ovozlari va Hindiston havo mudofaasi ishlari haqida xabar berdi. 

“AQSH vositachiligida ushbu ikki yadro quroliga ega qo‘shnilar o‘rtasida kelishilgan o‘t ochishni to‘xtatish tartibi hozircha saqlanib qolgan”, — deb yozmoqda BBC.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Turkiyaning deportatsiya markazlaridan 50 nafar ayol O‘zbekistonga qaytariladi'ning rasmi

    Dunyo 01.07.2025 20:26

    Turkiyaning deportatsiya markazlaridan 50 nafar ayol O‘zbekistonga qaytariladi

    Endi Turkiyada noqonuniy bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar ma’muriy jazosiz ro‘yxatdan o‘tkazilib, yashash va ishlash ruxsatnomalari beriladigan bo‘ldi.

    'Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qildi'ning rasmi

    Dunyo 01.07.2025 19:03

    Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qildi

    20 yillik sanksiyalarni bekor qilinishi Suriyaga qanday yengillik bermoqda?

    'Hindistonda kimyo zavodidagi portlashda 34 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 01.07.2025 16:09

    Hindistonda kimyo zavodidagi portlashda 34 kishi halok bo‘ldi

    Portlash Hindistonda so‘nggi yillarda ro‘y bergan eng yirik sanoat fojialaridan biri bo‘lgan.

    ''ning rasmi

    Dunyo 01.07.2025 15:07

    'Milliarder Ilon Mask yangi partiya tuzmoqchimi?'ning rasmi

    Dunyo 01.07.2025 14:19

    Milliarder Ilon Mask yangi partiya tuzmoqchimi?

    Maskning taklifiga Qo‘shma Shtatlar yetakchisi javob qaytardi.

    'Suriya Isroildan Jo‘lon tepaligini talab qilyaptimi?'ning rasmi

    Dunyo 01.07.2025 13:17

    Suriya Isroildan Jo‘lon tepaligini talab qilyaptimi?

    Suriya Isroildan mamlakatdagi Ahmad ash-Sharaa boshchiligidagi yangi rejimni tan olishni so‘ramoqda.