AsosiyJamiyat

Samarqand va Turkiston shaharlari o‘rtasida aviaqatnov boshlandi

Qatnovlar haftasiga ikki marta — payshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

'Samarqand va Turkiston shaharlari o‘rtasida aviaqatnov boshlandi'ning rasmi

Samarqand xalqaro aeroportiga kecha Qozog‘istonning Turkiston shahridan yo‘lovchi samolyot kelib qo‘ndi.

Qozog‘istonning "QAZAQ AIR" aviakompaniyasining mazkur aviareysi Astana, Turkiston va Samarqand shaharlarini bog‘laydi.

Muntazam yo‘lovchi qatnovlari haftasiga ikki marta — payshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Birinchi aviareys kelishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Qozog‘iston Respublikasining Samarqand shahridagi bosh konsuli hamda Samarqand viloyati hokimligi mas’ullari ishtirok etdi.

    Boshqa yangiliklar