AsosiyDunyo

Eronda yana bir portlash ro‘y berdi

Halok bo‘lgan va jarohatlanganlar bor.

'Eronda yana bir portlash ro‘y berdi'ning rasmi

Eronning markaziy qismida joylashgan Isfahon shahrida pirotexnika va portlovchi moddalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniya omborida portlash sodir bo‘ldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, yana ikki kishi tan jarohati olgan.

Ombor kimyoviy ishlab chiqarishga ixtisoslashgan sanoat majmuasi hududida joylashgan. Iran International nashrining xabar berishicha, ushbu korxona dronlar ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Bu voqea Bandari Abbos shahridagi yirik portlashdan uch kun o‘tgach sodir bo‘ldi. U yerdagi falokatda 65 kishi halok bo‘lgan edi. Eron rasmiylarining bildirishicha, portlashga kimyoviy moddalarni saqlashdagi ehtiyotsizlik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Abdulloh Sayyid

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Litvada bolalarga dron boshqarishni o‘rgatish boshlandi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 00:42

    Litvada bolalarga dron boshqarishni o‘rgatish boshlandi

    Mamlakatda 10 yoshdan boshlab bolalar va kattalar turli xil dronlarni boshqarishni o‘rganadi.

    'Germaniya kansleri: "Putin Yevropani beqarorlashtirmoqda"'ning rasmi

    Dunyo Bugun 00:35

    Germaniya kansleri: "Putin Yevropani beqarorlashtirmoqda"

    Bundestagdagi munozaralarda Germaniya kansleri Fridrix Merts Rossiyani Yevropada beqarorlik keltirishda aybladi.

    'Bugun ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 00:31

    Bugun ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi

    Respublikaning ayrim hududlarida harorat 28 daraja issiq bo'ladi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 17.09.2025 21:51

    ''ning rasmi

    Dunyo 17.09.2025 19:34

    'Yaponiyada sun'iy intellekt siyosiy partiya asoschisi boʻldi'ning rasmi

    Dunyo 17.09.2025 17:34

    Yaponiyada sun'iy intellekt siyosiy partiya asoschisi boʻldi

    Bu yilgi saylovda g‘olib chiqqan nomzod Mitsutaka Okumura partiyaning yangi rahbari etib tayinlangan va u o‘z vakolatlarini darhol sun’iy intellektga topshirgan.