Bu haqda Prezident raisligida o`tayotgan videoselektor yig`ilishida aytildi.
Bunda bolalar yoshi 14 yoshdan 18 yoshgacha, to`lov muddati 6 oydan 12 oygacha uzaytiriladi.
Bundan tashqari, 122 ming nafar “temir daftar”ga kirgan oila farzandlari, shuningdek 370 ming nafar boquvchisini yo`qotgan va nogironligi bo`lgan bolalarga maktabga chiqishi uchun 500 ming so`mdan beriladi.
Vasiylik, homiylik va patronatga olingan bolalar ham oliygohlarga kirishda Mehribonlik uylari va Bolalar shaharchalari bitiruvchilari uchun ajratilgan qo`shimcha kvotadan foydalanadilar.
To`rtinchidan, Mehribonlik uylari bitiruvchilarini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash tizimi yanada takomillashtiriladi.
Jumladan, 18 yoshga to`lgan, uy-joyga muhtoj etim bolalarga yangi qurilgan uy-joylar bepul ajratiladi.
Buning uchun, 757 nafar bolaga uy-joy sotib olishga joriy yilda byudjetdan 120 milliard so`m yo`naltiriladi.
Viloyat hokimlari 1 oktyabrga qadar 757 nafar etim bolalarni uy-joy bilan ta`minlasin.
Etim yoki ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan iqtidorli talabalar stipendiyasi 50 foizga oshiriladi.
«Shuningdek, ota-onasidan ajragan talabalarga pensiya to`lash muddatini amaldagi 18 yoshdan 23 yoshgacha uzaytirsak, o`ylaymanki, bu ham adolatdan bo`ladi.
Ushbu talabalarga zarur adabiyotlar sotib olish uchun har yili bir marta 1,2 million so`m subsidiya beriladi», — Prezident so`zlaridan iqtibos keltiradi uning Matbuot kotibi.