AsosiyDunyo

Gibrid avtomobillarni ekologik sertifikatlash tartibi yuzasidan senator so‘rovi yuborildi

Bunday avtomobillarni bojxonada rasmiylashtirishda “Yevro-4” ekologik toifasidan kam emasligini tasdiqlovchi ekologik sertifikat talab etilayotgani keng muhokamalarga sabab bo‘layotgandi.

'Gibrid avtomobillarni ekologik sertifikatlash tartibi yuzasidan senator so‘rovi yuborildi'ning rasmi

Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi Anvar To‘ychiyev gibrid avtomobillarni ekologik sertifikatlash tartibi yuzasidan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimovga senator so‘rovi yubordi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, so‘nggi kunlarda O‘zbekistonga olib kirilayotgan gibrid avtomobillarni bojxonada rasmiylashtirish jarayonida “Yevro-4” ekologik toifasidan kam bo‘lmaganini tasdiqlovchi ekologik sertifikat talab etilayotgani jamoatchilikda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Vaholanki, ushbu transport vositalari “Yevro-5” yoki “Yevro-6” ekologik standartlariga javob beradigan elektrodvigatellar bilan jihozlangan holda mamlakatga olib kirilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 30 yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan nizomda ekologik sertifikatlash tartibi belgilab berilgan. Unga ko‘ra, akkreditatsiyadan o‘tgan sinov laboratoriyasi mavjud bo‘lganda, ekologik xavfsizlik mezonlariga muvofiqlik tekshirilishi kerak. Agar laboratoriya mavjud bo‘lmasa, transport vositasi identifikatsiya yo‘li bilan baholanishi mumkin.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2022 yil 12 apreldagi qarorida “gibrid avtomobil” tushunchasi aniq belgilab berilgan. Ularni umumiy “M” va “N” toifalariga tenglashtirish masalasi ham bahsli hisoblanmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Eron AQSH bazalariga zarba berishi haqida ogohlantirdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 17:52

    Eron AQSH bazalariga zarba berishi haqida ogohlantirdi

    Eron va AQSH 12 apreldan beri yadroviy muzokaralar olib bormoqda.

    'Shimoliy Koreya Rossiyaga 15 ming nafar ishchi yubordi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 17:37

    Shimoliy Koreya Rossiyaga 15 ming nafar ishchi yubordi

    Rossiyalik ish beruvchilar shimoliy koreyalik ishchilarni kam haq evaziga har kuni 12 soatlab shikoyatsiz ishlashga tayyor bo‘lgani uchun ham qadrlashini bildirgan.

    'AQSH Yaman husiylarning qurol omborlariga zarba berdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 15:47

    AQSH Yaman husiylarning qurol omborlariga zarba berdi

    Qurol saqlash uchun foydalanilgan omborlarga kamida uchta havo hujumi uyushtirilgan.

    'BMT Xavfsizlik Kengashi Kashmirdagi vaziyat bo‘yicha favqulodda yig‘ilmoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 14:07

    BMT Xavfsizlik Kengashi Kashmirdagi vaziyat bo‘yicha favqulodda yig‘ilmoqda

    Bu haqda Pokistonning BMTdagi doimiy vakolatxonasi ma’lum qildi.

    'Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:48

    Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi

    Er-xotin koronavirusdan qo‘rqqani sabab farzandlarini uyda saqlab kelgan.

    'Tramp xorij kinomahsulotlariga 100% boj kiritmoqchi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 12:49

    Tramp xorij kinomahsulotlariga 100% boj kiritmoqchi

    Tramp Gollivudning kinoindustriyasi juda tez o‘lib borayotganidan xavotirda ekanligini ma’lum qilgan.