AQSH harbiylari bugun, 5 may kuni husiylar nazoratidagi Sana shahrida joylashgan nishonlarga bir qator zarbalar berdi. Bu haqda “Al Arabiya”telekanali xabar berdi.
Uning manbalariga ko‘ra, AQSH Sana janubidagi As-Savad hududida husiylar tomonidan qurol saqlash uchun foydalanilgan omborlarga kamida uchta havo hujumi uyushtirgan.
Avvalroq husiylar nazoratidagi “Al Masirah” telekanali AQSH Sana va Al-Xudeyda provinsiyasidagi Ras-Iso portiga qator zarbalar bergani haqida xabar bergan edi.