Bugun, O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Toshkent viloyatidagi Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga boradi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma`lum qildi.
Davlat rahbari kombinat konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi ishlar bilan tanishadi.
“Kombinatda mamlakatimiz kon sanoatidagi yana bir yirik loyiha – “Yoshlik I” konini o`zlashtirish loyihasi amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbari ushbu loyiha doirasidagi yangi quvvat – 3-mis boyitish fabrikasi qurilishiga tamal toshi qo`yadi”, deb yozgan Sherzod Asadov.






