AsosiyJamiyat

O`zbekistonga 1,2 mln doza Pfizer vaksinasi olib kelinadi

'O`zbekistonga 1,2 mln doza Pfizer vaksinasi olib kelinadi'ning rasmi

29 iyul kuni prezident Shavkat Mirziyoev Olmaliq shahriga tashrifi chog`ida «Jurabek Laboratories» MChJ qo`shma korxonasida «COVID-19» ga qarshi vaksina ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi.

Uchrashuvdan xabar qilinishicha, O`zbekistonga yana 17,9 mln doza vaksina etib kelishi kutilmoqda:

Moderna — 3 mln doza;

Pfizer/BioN Tech — 1,2 mln doza;

ZF-UZ-VAC-2001 — 12 mln doza

Sputnik V — 1,7 mln doza.

Ma`lumotga ko`ra, 2021 yilda xarid qilingan barcha vaksinalarga 44 mln 761,5 ming AQSh dollari sarflangan. Ulardan O`zbek-Xitoy vaksinasiga $ 39 mln 100 ming, Sputnik V vaksinasiga $3 mln 681,5 ming va AstraZeneca vaksinasiga $1 mln 980 ming sarflangan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar