1

Rayhon bo`lajak turmush o`rtog`iga qo`yiladigan talablarni sanab o`tdi

Shou-biznes 26.03.2016, 13:33
Teglar: Xonanda, Rayhon G`anieva
Rayhon bo`lajak turmush o`rtog`iga qo`yiladigan talablarni sanab o`tdi

Xonanda Rayhon ijodi va shaxsiy hayotiga oid savollarga javob berar ekan, kelajakda oila qurishi va bo`lajak turmush o`rtog`iga qo`yiladigan talablari haqida aytib o`tdi.

“Albatta, kun kelib turmush qurishni rejalashtirganman. Men hali yoshman. Hozircha esa hayotimda hech kim yo`q. Sovchilar ham kelmayapti. Men avvalo tirik jonman, ayolman. Har bir ayolning yonida uni qo`llab-quvvatlaydigan erkak kishi bo`lishi kerak. Ayol kishi har qancha kuchli ko`rinmasin vaqti-vaqti bilan o`zini kuchsiz his etishni istaydi. Bu tabiiy ehtiyoj. Biz shunday yaralganmiz. Har bir ayol kishi yonida suyanishi mumkin bo`lgan kuchli inson bo`lishini istaydi”

“Bo`lajak turmush o`rtog`ingiz sizdan ko`proq pul topishi muhimmi?” degan savolga u quyidagicha javob berdi:

“Avvallari buni avval muhimmas deb hisoblardim. Bu borada men uchun muhimi-mas`uliyat hissi. Men uchun muhimi erkak kishi oilasini birinchi o`ringa qo`yishi kerak. U oilasi uchun harakat qilishi kerak. Men yonimdagi insonga bemalol suyana olishim mumkinligini his etishim kerak. Bunday insonni topish esa juda murakkab. Chunki mening farzandlarim uning uchun begona bo`lishadi. Uning farzandlarimga qanday munosabatda bo`lishi asosiy masala bo`ladi. Boshqa narsalarga ko`z yumish mumkin, deb o`ylayman. Men uning yonida o`zimni yolg`iz his etmasligim kerak. Yonimda mustahkam suyanchig`im, ishongan insonim borligini his etishim kerak”. 

“Ammo hech qachon ikkinchi xotin bo`lishga rozi bo`lmayman. Hammasi Ollohdan. Agar u menga juft ato etsa, men cheksiz baxtli va minnatdor bo`laman. Agar bunday insonni uchratmasam – bunga ham ko`nikaman. Xudoga shukur, mening ajoyib farzandlarim, sevimli kasbim, muxlislarim, meni doim qo`llab-quvvatlaydigan yaqinlarim, do`stlarim, hayotimni usiz tasavvur qila olmaydigan jigarim – singlim bor. Axir, bu baxt emasmi?”, – deydi Rayhon so`zlarini davom ettirar ekan.

Sharhlar

Mashhur xonanda 61 yoshida vafot etdi

10.12.2019, 20:06

 Taniqli shved guruhi — «Roxette» solisti Mari Fredriksson 61 yoshida vafot etdi. Bu haqda Shvesiya OAVlariga asoslanib xabar berildi.Dagens Nyheter nashrining yozishicha, xonanda uzoq yillar davomida saraton xastaligiga...
Rayhon G`anievaning yangi oilaviy suratlarini ko`rdingizmi?

26.06.2018, 10:51

Rayhon G`anieva o`zining instagramdagi sahifasida yangi oilaviy suratlarini taqdim etdi... O`g`illari — Islom va Imron, singlisi — Nasiba va jiyani — Latifaning rasmlari xonandaning muxlislari...
Rayhon va Farhod endi Turkiya sayohatida (foto)

01.06.2018, 14:17

Sal avvalroq, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon G`anievaning turmush o`rtog`i bilan Moskva safaridan kadrlar taqdim etgan edik... Ayni kunlarda san`atkorlar oilasi, xonandaning egzaklari bilan birgalikda...
​Rayhon nima uchun unga Amerikaga chiqishga ruxsat berilmaganini izohladi

10.05.2018, 12:08

Xabaringiz bor 12 may, Amerikaning Nyu-York shtatida o`zbek estradasining bir necha mashhur xonandalari ishtirokida konsert dasturi bo`lib o`tishi kerak edi...Unda O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artistlar Ziyoda...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1