«Jenoa»dan «Roma»ga o`tishi oydinlashgan Eldor Shomurodovning Rim klubida qancha maosh olishi ma`lum bo`ldi.
Rossiyaning «Match TV» kanali xabariga ko`ra, Eldor Shomurodov Rim jamoasida yillik 2 million evro maosh oladi. Taqqoslash uchun, o`zbekistonlik hujumchining Genuya klubidagi yillik maoshi 1,3 million evroni tashkil etardi.
Rim klubi o`zbekistonlik hujumchini keyinchalik sotib olish sharti bilan bir yillik ijaraga olayotgani, Shomurodov uchun Genuya klubiga to`lanadigan bir yillik ijara haqi 2,5 million evroni tashkil etishi va transfer qiymati bonuslar hisobida 20 million evrogacha etishi haqida xabar berilgandi.






