AsosiySport

Tokio-2020: dzyudochi Bekmurod Oltiboev kunni ketma-ket super g`alaba bilan boshladi

'Tokio-2020: dzyudochi Bekmurod Oltiboev kunni ketma-ket super g`alaba bilan boshladi'ning rasmi

Hamyurtlarimiz Tokio-2020 Olimpiya o`yinlarida navbatdagi kun bahslarini boshlab olishdi. Hozirgina eng og`ir vazn toifasidagi polvonimiz Bekmurod Oltiboev dzyudo bahslarining ikkinchi davrasiga yo`l oldi, deya xabar bermoqda Turizm va sport vazirligi Axborot xizmati. 

Mo`g`ilistonlik Durenbayar Ulzibayarga qarshi kechgan qiziqarli bellashuvda vakilimiz ippon bahosi bilan ustun kelib, chorak final uchun kurashadigan bo`ldi. Uning ushbu bosqichdagi raqibi niderlandiyalik Xenk Grol bo`ldi va uni ippon bahosi bilan mag`lub etdi va chorak finalga yo`l oldi.

Musobaqada uchinchi raqam ostida saralangan dzyudochini Oltiboev kurashga xos uslubda halol yiqitdi. Ma`ulmot uchun, Bekmurodning raqibi ikki karra Olimpiya o`yinlari sovrindori edi.

Oltiboevga keyingi bellashuvlarda ham omad tilaymiz.

    Boshqa yangiliklar