Ijtimoiy tarmoqlarda hamon Angela Merkelning sentyabr oyida muhojir yigit bilan tushgan selfisi muhokama qilinmoqda, deb xabar qildi “Vesti.ru” nashri.
Gap shundaki, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Bryusseldagi teraktni sodir etgan hudkush-terrorchi Najim Lashrauyning surati bilan Angela Markelning yonida turgan yigitning rasmi bir tomchi suvday bir-birlariga o`xshashlarini sezishgan.
Germaniya kansleri Berlindagi qochoqlar lageriga bundan olti oy ilgari borgan. Uning yonidagi yigitni OAVlar shunchaki suriyalik qochoq deb tanishtirgan edi.
Endi barcha ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari kriminalistlarning xulosasini kutmoqda. Hozircha Germaniya hukumati bu haqda rasmiy izoh bergani yo`q.