Bokschimiz Rayhona Qodirova "Tokio-2020" yozgi Olimpiya o`yinlaridagi dastlabki jangini o`tkazdi.
Qashqadaryolik bokschimiz unda Afrika vakilasiga qarshi bahs olib bordi.
Kongo DR vakilasi Yumba Naomiega qarshi jang vakilimizning ustunligida o`tdi va bu yakunda hakamlarning bahosida ham o`z isbotini topdi. Endi Qodirova yarim finalga chiqish uchun amaldagi jahon chempioni braziliyalik Beatriz Ferreyraga qarshi ringga ko`tariladi.






