Tokio-2020 Olimpiya o`yinlarining yakkalik bellashuvlari vakillarimiz uchun o`z poyoniga etdi.
Eng og`ir vazn toifasida kechgan bahsda Bekmurod Oltiboev yurtimiz sharafini himoya qildi.
Ukrainalik Yakiv Xamnoga qarshi bronza medali uchun o`tish bosqichida kechgan bellashuvda vakilimiz vazari bahosi bilan imkoniyatni boy berib qo`ydi. Shu tariqa u yakkalik bahslarini ettinchi o`rinda yakunladi.
Ertaga aralash jamoaviy yo`nalishda hamyurtlarimiz o`z ishtiroklarini davom ettirishadi. Unda dastlabki raqibimiz Niderlandiya jamoasi bo`ladi.






