Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi bilan hamkorlikda Qo`mita markaziy apparatidagi quyidagi vakant lavozimga ochiq mustaqil tanlov e`lon qiladi:
— Innovasion faoliyat, fan va ta`lim sohasini rivojlantirish boshqarmasi Ta`lim sohasini rivojlantirish bo`limi bosh mutaxassisi;
— Ichki audit xizmati bo`limi boshlig`i;
— Tashkiliy-nazorat, statistika va tahlil boshqarmasi mutaxassisi;
— Hayvonlar sog`ligini himoya qilish boshqarmasi boshlig`i;
— Moliyaviy-iqtisodiy tahlil, xarajatlarni rejalashtirish va buxgalteriya hisobi bo`limi Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamg`armasi bosh mutaxassisi.
Tanlovda ishtirok etish istagida bo`lgan nomzodlar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalidan ro`yxatdan o`tishlari, mavjud vakant lavozimlarni tanlab, so`ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari lozim.
️Hujjatlar 2021 yil 29 iyuldan 7 avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.