AsosiySport

Olimpiadada o`zbekistonlik kurashchi AQSh nomidan ishtirok etadi

'Olimpiadada o`zbekistonlik kurashchi AQSh nomidan ishtirok etadi'ning rasmi

Ertaga, 1 avgust kuni Olimpiya o`yinlarida yunon-rim kurashi bo`yicha bahslarga start beriladi.

Shu kuni musobaqada AQSh nomidan asli o`zbekistonlik Ildar Hafizov ishtirok etadi. 

Hafizov 1988 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan. 2007 yilda Osiyo chempionatining bronza medali sovrindori bo`lgan. 2008 yilda u Pekindagi Olimpiya o`yinlarida qatnashib, 10-pog`onani band qilgan.  2011 yilda Osiyo chempionatining finaliga qadar etib borib, musobaqaning kumush medal sovrindoriga aylangan.  Jahon chempionatidagi eng yaxshi natijasi esa 5-o`rin hisoblanadi.

Okeanortida esa 2017 yilda AQSh chempionligini  qo`lga kiritgan va hozirda “US Army WCAP” sport klubida mashg`ulotlar olib boradi.

Ma`lumot o`rnida, Tokioda ushbu vazn toifasida O`zbekiston sharafini Elmurod Tasmurodov himoya qiladi. U 2016 yilgi Rio Olimpiadasining bronza medaliga ega chiqqan, shuningdek, Osiyo chempionatlarida 5 marta oltin va 2 bor kumush medalga sazovor bo`lgan. Jahon chempionatlarida esa 2 bronza va bir kumush medalni qo`lga kiritgan.

    Boshqa yangiliklar