Xabaringiz bor 2020 yil 5 oktabrda Prezidentning “Raqamli O`zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmoni qabul qilingan edi.
Farmonga muvofiq, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish hamda Adliya vazirliklari va ular tasarrufidagi tashkilotlarda “Raqamli idora” loyihasi amalga oshirilishi belgilangan.
Loyiha doirasida, jumladan, 2022 yil 1 yanvarga qadar qog`ozsiz elektron hujjat almashinuvi va ish yuritishni tashkil qilgan holda barcha ma`muriy tartib-taomillar va operasion shaklda raqamlashtiriladi.
Xususan, 2021 yil 1 avgustdan davlat bojlari, yig`imlar, jarimalar va boshqa majburiy to`lovlarni onlayn rejimda to`lash imkoniyati yaratiladi.






