O`tkazilgan yangi tadqiqot natijalariga ko`ra, yuqumli kasalliklarga qarshi vaksinalar shu paytgacha millionlab odamning hayotini saqlab qolgan. Olimlar o`tgan 20 yil ichida 112 davlatda 10 yuqumli kasallikka qarshi olib borilgan emlash ishlarini o`rgangan. Tadqiqot natijalarining ko`rsatishicha, vaksinalar orqali 50 million odamning hayoti saqlab qolingan. Ularning aksariyati bolalar.
Tadqiqotda qizamiz, gepatit B, inson papillomavirusi va sariq bezgak kabi kasalliklar o`rganilgan.
"Agar 2019 yildan keyingi davrni ham hisobga oladigan bo`lsak, yana 47 million odamning hayoti saqlab qolinganini ko`rishimiz mumkin. Juda katta raqamlar. Biz ko`rsatmoqchi bo`lgan narsa shuki, vaksinalar ishlaydi. Vaksinalarning kelajak uchun uzoq muddatda katta foydalari borligiga e`tibor qaratmoqchimiz", - deydi Londondagi Imperial kolleji izlanuvchisi, tadqiqot mualliflaridan biri Keyti Geytorp.
Vaksinalarning kasalliklarni to`xtatishdan boshqa foydalari ham bor.
«Agar odamlar vaksina tufayli kasallik yuqtirmasa, demak, sog`liqni saqlash tizimiga kasallar ozligi tufayli bosim kamayadi. Bu degani, boshqa odamlarni, boshqa kasalliklarni davolash mumkin», - deydi tadqiqotchi.






