Og`ir atletika bo`yicha Tokio-2020 Olimpiya o`yinlarida yurtimiz sharafini himoya qilgan vakilamiz Kumushxon Fayzullaevaning yakuniy natijasi ma`lum bo`ldi.
-76 kg vazn toifasida ishtirok etgan Fayzullaeva dast ko`tarishda 101 kg, siltab ko`tarishda 126 kg, umumiy hisobda esa 227 kg natija qayd etdi. Hamyurtimiz bu bilan Olimpiadani oltinchi pog`onada yakunladi. Bu vazn toifasida ekvadorlik Neysi Daxomes umumiy hisobda 263 kg ko`rsatkich bilan g`alaba qozondi. Kumush medal AQSh, bronza medali esa Meksika vakilalariga nasib etdi.
Og`ir atletika, -76 kg:
1. Neysi Daxomes (Ekvador) – 263 (118+145) kg;
2. Katerin Nye (AQSh) – 249 (111+138) kg;
3. Aremi Zavala (Meksika) – 245 (108+137) kg . . .
6. Kumushxon Fayzullaeva (O`zbekiston) – 227 (101+126) kg.






