AsosiySport

Tokio-2020: engil atletikachimiz Suhrob Xodjaev o`z ishtirokini yakunladi

'Tokio-2020: engil atletikachimiz Suhrob Xodjaev o`z ishtirokini yakunladi'ning rasmi

Yaponiyaning Tokio shahri mezbonlik qilayotgan XXXII yozgi Olimpiya o`yinlarining bugungi dasturida atigi ikki nafar sportchimiz bahslarda ishtirok etishi belgilangan edi, deya xabar qilmoqda Turizm va sport vazirligi Matbuot xizmati.

Xabarga ko`ra, hozirgina bugungi musobaqalarni boshlab bergan sportchimiz o`z ishtirokini yakunladi. Engil atletikaning bosqon uloqtirish bahslarida qatnashgan atletimiz Suhrob Xodjaev uchinchi urinishidan keyin 71.26 metr natijani qayd etdi.

Biroq, bu natija unga keyingi bosqichga chiqish uchun kamlik qildi. Bosqon uloqtirish bahslarida final bosqichiga chiqish uchun ishtirokchi kamida 77.50 metr natija qayd etishi talab etilar edi. Shu tariqa yana bir sportchimiz uchun Olimpiada bahslari tugadi.

Endi yunon-rum kurashi bo`yicha erkaklar o`rtasida -77 kg vazn toifasida ishtirok etadigan hamyurtimiz Jalgasbay Berdimuratovga muxlislik qilamiz. Uning ishtiroki Toshkent vaqti bilan soat 07:58da boshlanadi.

 

 

 

 

    Boshqa yangiliklar