AsosiyJamiyat

Fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning huquqiy maqomi belgilandi

'Fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning huquqiy maqomi belgilandi'ning rasmi

Murakkab pandemiya sharoitida O`zbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning huquqiy holatining samarali mexanizmlarini ishlab chiqish, bu borada milliy huquq normalarini xalqaro huquq normalari bilan unifikasiya qilish va O`zbekistonda xorijiy fuqarolarning harakatlarini tartibga solinishiga ehtiyoj sezilmoqda.

Shu bois, joriy yil 4 iyunda «O`zbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning huquqiy holati to`g`risida»gi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonunning maqsadi O`zbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning huquqiy holati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdir. 

Qonunga ko`ra, chet el fuqarosi — O`zbekiston Respublikasining fuqaroligiga ega bo`lmagan, boshqa davlat fuqaroligiga va o`zining boshqa davlat fuqaroligiga mansubligiga doir dalilga ega bo`lgan shaxs hisoblansa, fuqaroligi bo`lmagan shaxs bu — O`zbekiston Respublikasining fuqarosi bo`lmagan va o`zining chet davlat fuqaroligiga mansubligiga doir dalilga ega bo`lmagan shaxslar hisoblanadi.

O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 18-moddasida O`zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo`lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e`tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat`iy nazar, qonun oldida teng ekanliklari nazarda tutilgan. Biroq, xorijiy fuqarolarning bu boradagi huquqiy holati qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan edi.

Endilikda, ushbu qonunning 5-moddasida O`zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e`tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat`iy nazar, O`zbekiston Respublikasining qonuni oldida teng ekanligi belgilab qo`yildi va bu orqali qonun bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning huquqlari deyarli O`zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqli etib belgilandi.

Boshqa yangiliklar