AsosiySport

"Tokio-2020": Rayhona Qodirova ham yarim final ostonasida bahsdan chiqdi

'"Tokio-2020": Rayhona Qodirova ham yarim final ostonasida bahsdan chiqdi'ning rasmi

"Tokio-2020" olimpiya o`inlarida ishtirok etayotgan sportchilarimiz hisobida yana bir yo`qotish. Bokschimiz Rayhona Qodirova chorak final bosqichida amaldagi jahon chempioniga imkoniyatni boy berib qo`ydi.

60 kg vazn toifasida bahs olib borgan bokschimiz braziliyalik Beatriz Ferreyraga qarshi ringga ko`tarildi. Tajriba bobida raqibasidan ancha ustun bo`lgan Ferreyra yakunda o`z g`alabasini tantana qilib, yarim finalga yo`l oldi. Afsuski, bugun uchinchi bokschimiz ham yarim final uchun kechgan bahsda Olimpiadani tark etmoqda. 

Qolgan vakillarimizga omad tilab qolamiz.

    Boshqa yangiliklar