Tokioda davom etayotgan Olimpiada o`yinlarining bugungi bahslariga og`ir atletika musobaqalari yakun yasab berdi.
Turizm va sport vazirligining xabariga ko`ra, -109 kg vazn toifasidagi og`ir atletikachilar bahsida O`zbekistonlik Akbar Jo`raev supachaga ko`tarilgan. Ushbu vaznda jami 9 nafar atlet Olimpiya o`yinlari medallari uchun kurashga kirishgan.
"Boshidanoq ushbu vaznda oltin medal uchun kurash asosan ikki sportchi – hamyurtimiz Akbar Jo`raev va armanistonlik jahon chempioni Simon Martirosyan o`rtasida kechishi kutilgandi va amalda shunday bo`ldi ham.
Dast ko`tarish mashqidagi ilk urinishida hamyurtimiz 189 kilo og`irlikka buyurtma bergandi va faqat ikkinchi urinishda bu og`irlik zabt etildi. So`nggi urinishda 193 kiloni ko`targan hamyurtimiz hozircha medallar uchun kurashda juda yaxshi imkoniyatga ega bo`lib turibdi. Shunday ekan, hamyurtimizga omad tilaymiz.", deyiladi xabarda.