AsosiySiyosat

Sanoatda yuqori o`sish Qashqadaryo, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida kuzatilgan

'Sanoatda yuqori o`sish Qashqadaryo, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida kuzatilgan'ning rasmi

Xabar qilganimizdek, ayni damda Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tmoqda.

 Prezident rahbarligida o`tayotgan selektorda birinchi yarim yillik natijalari asosida yil oxiriga qadar hududlar va tarmoqlarda barqaror iqtisodiy o`sishni ta`minlash bo`yicha aniq choralar belgilanmoqda.

Davlat rahbari ta`kidlaganidek, o`tgan 6 oyda yalpi ichki mahsulot 6,2 foizga o`sgan. Bunga asosan sanoat 8,5 foiz, investisiyalar 5,9 foiz va xizmatlar hajmi 8 foizga oshgani hisobiga erishilgan. Inflyasiya darajasi 10,9 foizni tashkil etgan.

Ushbu davrda jami 200 trillion so`mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Sanoatda yuqori o`sish sur`atlari Qashqadaryoda 26 foiz, Sirdaryoda 23, Jizzaxda 15, Toshkent shahrida 14  va Namanganda 12 foizni tashkil etgan. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar