AsosiySport

Tokio-2020. Akbar Jo`raev oltin medalni qo`lga kiritdi

'Tokio-2020. Akbar Jo`raev oltin medalni qo`lga kiritdi'ning rasmi

Tokio-2020 yozgi Olimpiya o`yinlarining o`n birinchi kungi musobaqalariga hozirgina og`ir atletika bahslari yakun yasab berdi.

Turizm va sport vazirilgiga ko`ra, -109 kg vazn toifasidagi sportchilar bahsida ishtirok etgan Akbar Jo`raev yakunda Olimpiya o`yinlarining oltin medaliga sazovor bo`ldi. 

Nihoyat medallarsiz o`tgan bir necha kunlik noxush an`anaga barham berildi.

Siltab ko`tarish mashqida o`z ishtirokini 227 kg og`irlikdan boshlagan Akbar yakunda bu ko`rsatkichni 237 kilogacha oshirdi va ikki kurashda 430 kilo natija bilan Olimpiya o`yinlarining oltin medaliga sazovor bo`ldi.

Yangi O`zbekiston xalqiga Olimpiya o`yinlarining navbatdagi oltin medali muborak bo`lsin!

Boshqa yangiliklar