Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirokida davom etayotgan videoselektor yig`ilishida hududlar va tarmoqlardagi iqtisodiy holat haqida so`nggi 6 oylik hisobot ma`lumotlari taqdim etildi, deya xabar qilmoqda “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov. O`tgan 6 oyda yalpi ichki mahsulot 6,2 foizga o`sgan va inflyasiya darajasi esa 10,9 foizni tashkil etdi.
Bu o`sishga qaysi tarmoqlar hisobiga erishildi?
Ta`kidlanishicha, bu ko`rsatkichlarga, asosan, sanoat (8,5 foiz), investisiyalar (5,9 foiz) va xizmatlar sohasi (8 foiz) hisobiga erishilgan. Ushbu davrda jami 200 trillion so`mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Shundan:
- Navoiy kon-metallurgiya – 26 trillionso`m;
- to`qimachilik – 15 trillion so`m;
- Olmaliq kombinati – 14,5 trillion so`m;
- elektr energiyasi korxonalari – 11 trillion so`mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, ularning ulushi jami sanoatda 37 foizni tashkil qildi.
Sanoat tarmoqlariga imtiyoz va preferensiyalar berilgan, biroq...
So`nggi bir yarim yil davomida sanoat tarmoqlariga 50 trillionso`mdan ziyod bojxona imtiyozlari va tarif preferensiyalari berilgan.
Birgina, avtomobil sanoatiga 9,5 trillion so`mlik, neft-gaz tarmog`iga 2,8 trillion so`mlikbojxona imtiyozlari taqdim etilgan. Lekin mazkur tarmoqlarning ishlab chiqarish ko`rsatkichlari qoniqarli daraja emasligi tanqid qilindi.