Hozirgina XXXII yozgi Olimpiya o`yinlarining boks musobaqasida eng og`ir vazn toifasidagi yarim final janglari yakunlandi.
+91 kg vazn toifasidagi ikkinchi yarim final juftligida qozog`istonlik Kamshibek Konkabaev AQSh vakili Richard Torres bilan kuch sinashdi.
Jang 3-raund oxiriga etmay to`xtatildi. Bunga Konkabaevning jarohat olganligi sabab bo`ldi. Bungacha Torres katta tasabbus bilan oldinda borayotgan edi.
Final jangi 8-avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:15da boshlanadi.






