"Sosmopolitan Russia" ekspertlari 3 avgust kuni MDH olimpiya terma jamoalarining formalari bo`yicha o`z reytingini tuzdi. Sport kiyimlari dizayn va jahon moda tendensiyalari bo`yicha baholandi.
zamon.uz saytida ekspertlarning xulosalari e`lon qilindi. Unga ko`ra, kuchli beshtalikka Rossiya (ZASPORTT), O`zbekiston (7SABER), Qirg`iziston (BIGSERR), Belarus (“Solo-Pinsk) va Qozog`iston (JOMA) liboslari kirdi. Jurnal mutaxassislarining alohida ta`kidlashicha, bir vaqtning o`zida uchta mamlakatning sport kiyimi dizaynida zamonaviy yashil-moviy ranglari uyg`unligini ko`rish mumkin.
Ta`kidlash joizki, ushbu reyting olimpiadachilarning tantanali formasiga emas, balki aniq sport turlariga tegishli.
1-o`rin: Rossiya / ZASPORT

Rossiya terma jamoasiga forma yaratishi kerak bo`lgan ZASPORTT brendi oldida qiyin vazifa bor edi — hali sanksiyalar ostida bo`lgan jamoa uchun dizayn o`ylab topish. Buning uchun ular o`zlarining bor mahoratini ishga solishi va belgilangan cheklovlarga mos keladigan dizayn yaratishlari kerak edi. Aytish mumkinki, ular bu vazifani a`lo darajada uddalashdi: kurtkalarda uch rangli chiziq elpig`ich shaklida ochilgan va mashhur «Kanagavadagi katta to`lqin» o`yinchoqlaridagi o`yma chizmalar krossovkalar chiziqlari uchun ilhom manbai bo`lgan.
II o`rin: O`zbekiston / / 7SABER

O`zbekiston milliy terma jamoasining sport kiyimi e`tibordan chetda qolmadi: feruza-moviy rang oralig`i jahon tendensiyalariga mos keladi. Shu bilan birga, 7SABER brendi dizaynerlari madaniy asliyatni ham saqlab qolgan: milliy bezak juda zamonaviy va bir-birini to`ldirgan holda dizaynga kiritilgan.
III o`rin: Qirg`iziston / BIGSER

Qirg`izistonlik atletlarning formalari o`zining yorqinligi bilan ajralib turadi. Dizaynerlar kiyimlarda sportchilarining ruhini aks ettirishga harakat qilishgan va grafik elementlari bo`lgan akula og`zidan foydalanishgan. Bunday chizmalar ko`proq jangovar xalqaro turnirlarda uchraydi. Ammo BIGSER ijodkorlari qo`lidan kelganicha harakat qilgan va bu printni zamonaviy tarzda qo`llay olgan.
IV o`rin: Belarus / “Solo-Pinsk”

Belarus terma jamoasi imijini biroz o`zgartirishga qaror qildi va Olimpiya formasi uchun an`anaviy bo`lgan davlat bayrog`i rangidagi umumlashmadan voz kechdi. Endi mamlakatning rasmiy ranglari – oq asosdagi yashil rang bilan birga moviy rangning 50 xili sanaladi. To`plamni tayyorlagan «Solo -Pinsk» kompaniyasining ta`kidlashicha, bu g`alaba, erkinlik va omad ranglari hisoblanadi.
V o`rin: Qozog`iston / JOMA

Yaponiyada Qozog`iston terma jamoasiga forma yaratgan JOMA brendi o`z yo`lidan ketdi va rang-barang variantlar o`rniga «Go`zallik oddiylikda» shiori bilan libos yaratdi: eng muhimi, formada keraksiz elementlar yo`q. Olimpiya formasi dizayneri Saltanat Baymuhammedovaga Olimpiya o`yinlaridan keyin mazkur formani kiyishni xohlagan sportchilarning o`zi ilhom bergan. Shuning uchun u o`z oldiga sport uslubida umumiy libos yaratishni maqsad qilgan.






