AsosiyJamiyat

“Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Asrol Toshkenboev 81 yoshida vafot etdi

'“Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Asrol Toshkenboev 81 yoshida vafot etdi'ning rasmi

“Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, O`zbekiston davlat satira teatrining etakchi sahna ustasi Toshkenboev Asrol Gaziboevich 81 yoshida bu yorug` olamni tark etdi.  Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar bermoqda.

O`z ijodiy faoliyatini 1963 yilda Hamid Olimjon nomidagi Samarqand viloyat musiqali drama teatrida boshlagan A.Toshkenboev 1968 yilda Abror Hidoyatov nomidagi O`zbek davlat drama teatrida davom ettiradi.

1989 yili Abdulla Qahhor nomidagi Respublika Satira teatri tashkil etilgach, ushbu teatrning ta`mal toshini qo`ygan ijodkorlar sifatida shu dargohda ish boshlab, hozirgi kunga qadar mehnat qildi. O`z sohasining etakchi sahna ustasi darajasiga etishdi.

 Ellik sakkiz yildan ortiq vaqt davomida fidokorona mehnati, sahnadagi sermahsul ijodi, betakror ijro mahorati bilan muxlislar mehrini qozongan ustoz san`atkor endi oramizda yo`q.

"Darakchi.uz" jamoasi marhum Asrol Toshkenboevning vafoti munosabati bilan uning oila a`zolari, yaqinlari, hamkasblari va shogirdlariga chuqur ta`ziya izhor etadi.

Boshqa yangiliklar