Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vazirligi kinematografiya bo`limi boshlig`i Rufat Gasanov, “Ozarbayjon film” direktori Ilkin Muxammadeli, O`zbekistonning Ozarbayjondagi elchisi Baxrom Ashrafxonovlar bilan onlayn muloqot o`tkazdi.
Muloqotda davlat rahbari tashabbusi bilan o`tkazilishi rejalashtirilayotgan “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalini o`tkazish bo`yicha hamkorlik, yosh kinoijodkorlarning filmlarini namoyish etish masalalari muhokama etildi.
Shuningdek, ozarbayjonlik kinoijodkorlar bilan hamkorlik yo`lga qo`yilib, ko-produksiya loyihalarini suratga olish rejalashtirildi.






