O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko`ra bir qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda Hukumat portalining rasmiy kanalida e`lon qilindi.
Unga ko`ra:
* Shaxobiddin Sharafiddinovich Musaev O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikasiyalar masalalari kotibiyatining Ommaviy kommunikasiyalar va axborot ochiqligini ta`minlash masalalari shu`basi mudiri etib;
* Sherzod Abdurasulovich Karimov O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ta`lim va sog`liqni saqlash masalalari kotibiyati mudirining o`rinbosari etib;
* Sharifbek Shamsiddinovich Hasanov O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikasiyalar masalalari kotibiyati mudirining o`rinbosari - Turizm va sportni rivojlantirish masalalari shu`basi mudiri etib;
* Alisher Mirkamalovich Nazarmuxamedov O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikasiyalar masalalari kotibiyatining Madaniyat va san`atni rivojlantirish masalalari shu`basi mudiri etib tayinlandi.






