AsosiyJamiyat

Temir yo`lda uxlab qolgan shaxs poezd va kesishmadagi avtomobillar harakati to`xtashiga sabab bo`ldi

'Temir yo`lda uxlab qolgan shaxs poezd va  kesishmadagi avtomobillar harakati to`xtashiga sabab bo`ldi'ning rasmi

Temir yo`lda uxlab qolgan shaxs nafaqat poezdning, balki temir yo`l kesishmasidagi harakatning to`xtashiga ham sabab bo`lgan.

"O`zbekiston temir yo`llari" AJ axborot-tahliliy media markazining xabar berishicha, holat tufayli kecha Farg`ona vodiysinig Qo`qon – Buvayda peregonining 7-km.ning 5-pk.da № P–93-sonli Andijon - Toshkent yo`nalishidagi yo`lovchi poezdi harakati 20 daqiqaga to`xtagan.

Sababi lokomotiv brigadasi temir yo`l izlari  ichi (koleya)da yotgan odamni ko`rganidan so`ng favqulodda tormozlashni qo`llagan. Poezd qo`riqlanadigan temir yo`l kesishmalaridan birining hududida to`xtaydi. Natijada soat 21:50 dan 22:10 gacha ushbu joyda avtotransportning tirbandligi yuzaga keladi.

Mazkur fuqaro mast holda bo`lgani tahmin qilinmoqda. Favqulodda tormozlanish bilan temir yo`lda yotgan odam ustidan poezd o`tishi oldi olinmagan, lekin  uning tanasi po`lat izlari orasida bo`lgani bois unga xech nima kilmagan. 

Baxtli tasoddif tufayli u kishining nafakat boshi omon qolgan, hattoki voqea joyidan bosh olib qochishga muvaffaq bulgan ham. Yo`lovchi poezd texnik ko`rikdan o`tganidan so`ng , poezd belgilangan yo`nalish bo`ylab harakatini davom ettirgan.

Shu o`rinda, "O`zbekiston temir yo`llari" AJ  : "Hurmatli fuqarolar! Unutmang, temir yo`l atrofi – xavfi yuqori bo`lgan hudud hisoblanadi! Mazkur joylardan o`tish qoidalarni eslab yurishingiz kerak!"-deya aholiga murojaat etmoqda.  

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar