Olimpiya o`yinlarining bugungi kun dasturidan baydarka va kanoe bahslari ham o`rin olgan bo`lib, unda kanoechi qizlarimiz ham startga chiqishdi, deya xabar qilmoqda Turizm va sport vazirligi Axborot xizmati.
500 metr masofaga kechgan dastlabki saralash bahslarida Dilnoza Rahmatova hamda Nilufar Zokirova juftligi 2:04.854 soniya bilan o`z guruhida to`rtinchi natijani qayd etishdi va chorak finalga yo`l olishdi.
Biroz avval kanoeda eshkak eshish bo`yicha Olimpiya o`yinlarida ilk bor ishtirok etayotgan qizlarimiz Tokio-2020 Olimpiadasining yarim finaliga yo`llanmani qo`lga kiritdi.
Rahmatova/Zokirova juftligi 500 metr masofaga o`tkazilayotgan musobaqaning chorak finalida muvaffaqiyat qozonishdi. Ikkinchi guruhda startga chiqqan qizlarimiz 2:04.450 daqiqa vaqt bilan marraga ikkinchi bo`lib etib kelishdi va yarim finalga yo`l oldi. Endi ular ertaga final yo`llanmasi uchun startga chiqadi.






