O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan ko`rsatiladigan bo`lajak nomzod qilib Alisher Qodirov ko`rsatildi.
Bu haqda partiya ma`lum qilmoqda.
Ma`lum bo`lishicha, bu bo`yicha tegishli ma`lumotlarni Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etish uchun tegishli qaror qabul qilingan.
Shuningdek, Plenum ishtirokchilarining fikr-mulohazalari asosida partiya tarafdorlari tomonidan qo`llab-quvvatlangan bo`lajak nomzodni Sezdda ko`rib chiqish masalasi ma`qullangan. Sezdni joriy yilning 26 avgustida o`tkazish belgilandi, deya ta`kidlangan plenum davomida.
- Biz Prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchungina ishtirok etmoqchi emasmiz. Biz O`zbekistonning rivojlanishiga munosib hissa qo`shish uchun ishtirok etamiz, deya fikr bildirgan nomzodning o`zi.






